O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlari ajratiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Prezident farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
2024 yil 1 oktyabrgacha “yashil” uy-joy standartlari tasdiqlanadi. 2025 yil 1 aprelgacha “yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)