Fransiyaning “PSJ” jamoasi joriy mavsum kvadruplga (4 ta sovringa ega chiqish) erishishi mumkin.
Parijliklar muddatidan avval Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Yil boshida esa Fransiya Superkubogi doirasida “Tuluza”ni (2:0) yengib, kubokka ega chiqqandi.
Shuningdek, Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi hamda Fransiya Kubogida g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini saqlab turibdi. YCHL yarim finalida Parij klubi “Borussiya D”ga qarshi bahs olib borsa, Kubok finalida ularni “Lion” kutib turibdi.
Qayd etib o‘tish joiz, shu vaqtga qadar birorta fransuz klubi kvadruplni amalga oshirmagan. “PSJ” Tomas Tuxel boshchiligida 2019/2020-yilda bunga yaqin kelgan (Liga 1, Fransiya Kubogi, Fransiya liga Kubogi), biroq Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Izoh (0)