AQSHning Arizona va Nyu-Meksiko shtalari chegarasi yaqinida benzin va propan olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Voqea oqibatida oltita vagon yongan, deya xabar beradi Associated Press.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
![](/static/2024/04/27/poezd-rhZXBbMM.jpg)
Hukumat ikki shtat o‘rtasidagi asosiy yuk tashish yo‘nalishi bo‘lgan avtomagistralni yopishga qaror qildi. Yaqin atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.
Hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)