• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1 trln so‘m zarar keltirgan tamaki kontrabandasi

    Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida noqonuniy tamaki mahsulotlarining ulushi 2023-yilda 22,4 foizni tashkil etgan. Agar buni raqamlarga o‘giradigan bo‘lsak, 2,4 milliard dona sigaretaga to‘g‘ri kelmoqda. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev bu boradagi holatni Namangan viloyati misolida o‘rgandi va mutasaddilar bilan muloqotda bo‘ldi.

    Viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Anastasiya Ataxanovaning qayd etishicha, 2023-yil davomida boshqarma xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 35ta holatda jami 3,7 milliard so‘mlik 412 594 quti tamaki mahsulotlarning noqonuniy aylanmasini oldini olgan.

    вилоят божхона бошқармаси жамоатчилик ва ОАВ билан алоқалар гуруҳи инспектори Анастасия Атаханова

    Namangan viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Anastasiya Ataxanova

    Foto: “Daryo”

    Misollarga murojaat etiladigan bo‘lsa, Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida kuzatuvda bo‘lgan avtomobil to‘xtatilgan va avtomobil yukxonasi hamda salonida umumiy qiymati 150 million so‘m bo‘lgan 10 000 quti aksizsiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Keyinchalik gumonlanuvchining uyi ko‘zdan kechirilgan va u yerdan ham jami 60 million so‘mlik 3990 quti kontrabanda sigareta qo‘lga olingan.

    Namangan
    Foto: “Daryo”

    Yangiqo‘rg‘on tumanida aylanma yo‘lda harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomobilda esa Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda olib o‘tilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 194,5 million so‘mlik 19 450 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilda ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi chorak davomida 13 ta holatda 986 million so‘mlik 66 559 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek quyildi.

    Foto: “Daryo”

     

    Xususan, “Namangan—Chust” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonidan xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, aksiz marka bilan markalanmagan umumiy qiymati 112,5 mln so‘mlik 7500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Shundan so‘ng tezkor-surishtiruv ishlari olib borilib, fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 123 million so‘mlik 13 turdagi jami 8210 dona tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

    Foto: “Daryo”

    Qayd etish joizki, tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi davlat byudjetiga ham katta zarar keltirmoqda: 2023-yilda buning oqibatida byudjet 1 trillion so‘m soliq tushumlaridan mahrum bo‘lgan. Shu bois soliq idoralari xodimlari ham bu yo‘nalishdagi tadbirlarga diqqat-eʼtibor qaratmoqda.

    Namangan viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Oydin Esonaliyeva
    Foto: “Daryo”

    Viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Oydin Esonaliyevaning bildirishicha, xodimlar tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tgan 2023-yil davomida 67 ta xolatda 14959 quti, jami 398,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    Xususan, 2023-yil noyabr oyida soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Namangan shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs aniqlangan. Undan 15 turdagi 1242 quti, umumiy qiymati 19,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olingan.

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan yil dekabr oyida esa Namangan tumani soliq inspeksiyasi departament bilan hamkorlikda o‘tkazgan nazorat tadbiri davomida 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro elektron tamaki mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz muomalaga kiritayotgan vaqtda ushlandi. Unga tegishli bo‘lgan 10 turdagi 1120 dona umumiy summasi 55 million so‘mlik elektron tamaki mahsulotlari uchun dalolatnoma rasmiylashtirildi va ish qonuniy hal etilguniga qadar maxsus do‘konga topshirildi.

    Joriy 2024-yilda ham soliq idoralari tamaki kontrabandasiga qarshi ishlarni davom ettirmoqda. Yanvar mart oylarida xodimlar tomonidan 2 ta holatda 4780 quti jami 41,2 million so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari qo‘lga olindi.

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan yil davomida O‘zbekistondagi huquq-tartibot idoralari va Bojxona qo‘mitasi vakillari tomonidan 120 million dona sigaret to‘xtatib qolingan. Bundan 8, 6 millionini tegishli tartibda yo‘q qilishga ham ulugurilgan. Ushbu jarayonda Majburiy ijro byurosining ham alohida o‘rni bor.

    MIB Namangan viloyat boshqarmasi inspektori Oybek Inoyatov
    Foto: “Daryo”

    “2023-yilda Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari ish yurituviga mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan to‘xtatib qolingan va sud qarorlarida belgilangan 127 ta ijro hujjati yuzasidan umumiy qiymati 2,8 milliard so‘mlik 339 297 quti tamaki mahsulotlar yo‘q qilingan”, — deydi MIB Namangan viloyat boshqarmasi inspektori Oybek Inoyatov.

    Foto: “Daryo”

    Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 186-1 moddasi 3 qismi “a” bandi bilan sudlangan ayol va uning sheriklari tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 249,7 million so‘mlik 28 980 quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilinishi belgilangan edi. Mazkur hujjat MIB Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi. Davlat ijrochisi tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida mazkur mahsulotlar yoqib yuborildi.

    Foto: “Daryo”

    Joriy yilning o‘tgan davrida esa 21 ta holatda 842 million so‘mlik 91792 quti tamaki yoqish yo‘li orqali yo‘q qilingan. Xususan, huquq-tartibot idoralari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 13 579 quti tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishiga chek qo‘yilgandi. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 108,7 million so‘mni tashkil etadi. MIB Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida mazkur tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Viloyat bojxona, MIB, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda OAV vakillari ishtirok etgan tadbir davomida tamaki mahsulotlari maxsus pechlarda yoqib yuborildi.

    Sheriklik huquqi asosida.

    26.04.2024, 15:00   Izoh (0)   4354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berish evaziga 4 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

    26.04.2024, 14:35

    O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish jadallashtiriladi

    26.04.2024, 14:25

    O‘zbekistonda ikki oyda aholidan 500 mln so‘mlik elektr energiyasi sotib olindi

    26.04.2024, 14:11

    Prezident qarori bilan iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi

    26.04.2024, 13:59

    Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

    26.04.2024, 13:42

    “Ona o‘n marta bolasini tergasa ham, otaning bir marta nima qilyapsan degan gapi tosh bosadi”. Zoir Mirzayev maktabdagi otalar majlisi haqida

    26.04.2024, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.