“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, Pokiston hududida xudkushlik hujumlari 500 barobarga oshib ketgan. Bu haqda Pokiston hukumatining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bergan bayonotga asoslanib, Aamaj News nashri xabar berdi.
Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Osif Durroniy Islomobodda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalasi ehtimoldan uzoq ekanligini maʼlum qilgan. Mamlakatni NATO qo‘shinlari tark etgach paydo bo‘lgan umidlar “Tolibon”ning tajovuzkor siyosati tufayli barbod bo‘la boshlagani aytilgan.
Muhammad Osif Durroniy Pokistonning chegara hududlarida otishmalar 65 foizga, mamlakat ichidagi xudkushlik hujumlari esa 500 foizga oshganini alohida taʼkidlagan. Bu borada Pokiston hukumati xavotirda ekanligini bildirgan.
Xabarda aytilishicha, Pokiston “Tolibon” hukmronligining dastlabki davrida bu guruh faoliyatidan mamnun bo‘lgan. Hozir esa uning siyosati hamda Afg‘onistondagi terrorchilik guruhlari faoliyatidan nihoyatda xavotirda.
Ayni paytda Afg‘onistonda “Tolibon” hukmronligi ostida “Jaysh al-Adl” guruhining Eronga hujumlari ham sezilarli darajada oshgan.
Izoh (0)