Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining 2-turidan o‘rin olgan Iroq va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 19-aprel sanasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Akbar Usmonov hisobni ochdi. 17-daqiqada Mashrab Odilov hisobni 0:2 ga yetkazdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi shu hisobda yakunlandi.
O‘zbekiston futzalchilari ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va bu hisobda ham aks etdi. 26-daqiqada Elbek To‘lqinov hisobni 0:3ga yetkazdi. Ikki daqiqa o‘tib Sunnatilo Jo‘rayev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni iroqlik futbolchi urib, hisobni 1:4 ko‘rinishiga olib keldi.
Shunday qilib O‘zbekiston futzal terma jamoasi muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Terma jamoa guruhdagi yakuniy o‘yinni 21-aprel kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)