Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aprel oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi terma jamoa 7-9-aprel kunlari Taraz shahrida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Oldinda turgan bahslarga reja asosida tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi 1-aprel kuni Olmaota shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Bosh murabbiy tomonidan 15 nafar futzalchi yig‘inga jalb etilgan.
Izoh (0)