2023-yilda jahon mudofaa xarajatlari birinchi marta 2 trillion dollardan oshdi.
Bu haqda Amerikaning mudofaa texnologiyalari sohasidagi konsalting kompaniyasi Forecast International hisobotida ma’lum qilindi.

Mudofaa xarajatlari jami 10,4 foizga oshgan. Harbiy ehtiyojlar uchun sarf-xarajatlarning 2,12 trillion dollargacha oshishi sabablari orasida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi bor.
Bundan tashqari, ekspertlar 2030-yilgacha mudofaa xarajatlari yanada oshishni istisno qilishmadi.
Izoh (0)