• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Angliya futbolidagi qora kun. 96 nafar “Liverpul” muxlisining o‘limiga sabab bo‘lgan “Hillsboro fojiasi” haqida

    15-aprel kuni “Hillsboro voqeasi”ga 35 yil bo‘ldi. 

    Buyuk Britaniyani o‘zgartirgan kun

    1989-yilning 15-aprel kuni Sheffildda Angliya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Liverpul” — “Nottinghem Forest” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv avvaliga turniketlar yonida, keyinchalik tribunada yuzaga kelgan tiqilinch sabab 6-daqiqadayoq to‘xtatiladi.

    Uchrashuv 15:00 da boshlanadi, tashkilotchilar o‘yin vaqtini biroz kechiktirishni so‘raganlarga rad javobini beradi. Muxlislar yo‘llardagi ta’mirlash ishlari sabab o‘yinga ertaroq kela olmaydi. 14:52 da politsiya kirish uchun emas, balki chiqish uchun mo‘ljallangan katta darvozani ochadi. Politsiya noziri Devid Dakenfild olomonga “Barchada chipta bormi? Qo‘lni ko‘tarib ko‘rsating”, deb murojaat qiladi va chiptalar tekshiruvisiz kiritishga ruxsat beradi.

    Darvozaning ochilishi va markaziy kirishning yopilmasligi sabab g‘arbiy tribunada muxlislar taqsimoti buzib yuboriladi. Bu halokatning asosiy sababi bo‘ldi: 5 mingga yaqin muxlis allaqachon to‘lib bo‘lgan sektorlar sari borardi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Sports

    Sektordagi muxlislar uch tomondan temir panjaralar qurshovida qolgan bo‘lsa, to‘rtinchi tarafdan odamlar oqimi to‘xtamasdi. O‘yin davom etar, tribunada esa odamlar nafas ololmay halok bo‘lardi. Uchrashuvning 6-daqiqasiga kelib vaziyat jiddiylashgach uchrashuv to‘xtatiladi.

    Hammasi shu bilan tugamaydi. “Hillsboro” stadioni tashqarisida ko‘plab muxlislar qolgan, ularning hech biri ichkarida nimalar yuz berayotganini bilmas va o‘zining agressiv harakatlari bilan vaziyatni og‘irlashtirardi. Stadionning qanot tribunalarida joy yetarlicha topilardi, biroq barcha o‘yinni yaxshiroq rakursdan ko‘rish uchun markazga intilardi. Chiptasiz muxlislar evaziga odam yanada ko‘paydi va ertaroq kelganlar “qopqon” ichida qoldi.

    Foto: Sports

    Vaziyatni stadion xizmatchilari nazorat ostiga olishi kerak edi. Voqeadan so‘ng xizmatchilar sarmast ishqibozlar ularning gapiga kirmagan holda o‘zi bilganicha ish tutganini ma’lum qildi. Muxlislar esa aksincha, hech kimni ko‘rmaganliklari va o‘zlari uchun qulay joyga borishga intilganini aytdi.

    O‘yin to‘xtaganidan so‘ng nima bo‘layotganini tushunib yetmagan politsiya ikkinchi xatoga yo‘l qo‘yadi. Politsiya muxlislarning panjaraga tirmashishini maydonga chiqishga bo‘lgan urinish deya baholab, tayoqlar bilan urgan holda ularni ortga haydardi. Sal o‘tib yaqinroqdagi politsiyachilar vaziyatni anglab yetadi va jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishni boshlaydi. Biroq bir necha yuz metr narida turgan ofitserlar uchinchi xato buyruqni beradi: hamma panjaradan nari tursin, himoyaga o‘tilsin va hech kim o‘tkazilmasin. Ularning nazdida “Liverpul” muxlislari maydonga tushib kelgan holda narigi tomondagi “Nottinghem” ishqibozlari bilan mushtlashish niyatidadek tuyulardi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Shundoq ham vaziyat og‘ir bo‘lib turgan vaqtda tibbiyot xodimlari va zambillarning yetishmasligi vaziyatni badtar chigallashtirdi. Yaqinlariga yordam berish niyatidagi muxlislar reklama bannerlarini sindirar va sherigini maydon markaziga olib borishga harakat qilardi, qator tizilib olgan politsiya esa buyruqqa bo‘ysungan holda ularni do‘pposlashda davom etardi.

    94 muxlis voqea joyida halok bo‘ldi: ularning eng kichigi bor yo‘g‘i o‘n yoshda edi. Yana 766 nafar odam tan jarohati oladi, ularning uch yuzga yaqini shifoxonaga tushadi. To‘rt kundan keyin qurbonlar soni yana bittaga oshadi, 1993-yilning mart oyida esa “Hillsboro” o‘zining so‘nggi qurbonini olib ketadi: salkam to‘rt yil komada yotgan Toni Blend vafot etadi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Keyinchalik Angliya hukumati klublarga turib tomosha qilinadigan sektorlardan voz kechish, arenaga o‘rindiqlar o‘rnatish va shunga yarasha chiptalar chiqarishni majburiy qilib qo‘ydi. Tribunalarni ajratib turuvchi temir panjaralar esa olib tashlandi.

    Fojiadan to‘rt kun o‘tib The Sun nashri The Truth (“Haqiqat”) nomli reportaj tayyorladi. Unda barchasiga aybdor sifatida “Liverpul” muxlislari ko‘rsatildi: mersisaydliklar to‘la sektorlarga yopirilgani, politsiya va o‘t o‘chirish xodimlariga qarata tupurgani, jabrlanganlarning karmonini o‘margani va tibbiy yordam ko‘rsatishga xalal bergani aytiladi.

    Shundan so‘ng muxlislar nashrga boykot e’lon qildi: gazetani matbuot do‘konlariga olib kelmay qo‘yishdi, odamlar uning nomini tilga olmay qo‘ydi, “Liverpul” esa nashr jurnalistlariga matbuot anjumani va uy stadioniga kirishni taqiqlab qo‘ydi.

    Foto: Sports

    1990-yilda fojia rasman baxtsiz hodisa deb e’lon qilingan. 2012-yilda London sudi buni bekor qilgan holda yangi tergov boshladi. 2016-yilning 26-aprelida 96 muxlisning o‘limi qotillik deb tan olindi.

    15.04.2024, 21:32   Izoh (0)   7267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” o‘zida “Mash’al”ga imkoniyatni boy berdi, “Aral” “Xorazm”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 

    15.04.2024, 20:33

    U-23 Osiyo Kubogi. Avstraliya Iordaniya bilan nursiz durang qayd etdi 

    15.04.2024, 20:02

    “Sport” telekanali Qatardagi Osiyo Kubogini namoyish etadi

    15.04.2024, 16:41

    “Barselona” yangi bosh murabbiy izlashni to‘xtatdi. Klub Xavini olib qolish niyatida

    15.04.2024, 16:23

    Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 

    15.04.2024, 14:25

    “Barselona” — “PSJ”, “Borussiya D” — “Atletiko” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi 

    15.04.2024, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.