NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning fikricha, Ukraina o‘zini himoya qilish maqsadida o‘z hududidan tashqarida joylashgan Rossiya harbiy obyektlariga hujum qilish huquqiga ega.
“Mamlakatdan tashqaridagi harbiy nishonlarga zarba berish o‘zini o‘zi himoya qilish huquqining bir qismidir”, — dedi Stoltenberg.
2023-yil oktyabr oyida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar hech qachon Kiyevni Ukrainadan tashqarida zarba berishga undamaganini aytgandi. “Biroq mohiyatiga ko‘ra, bu Ukrainaning o‘zi qabul qilishi kerak bo‘lgan qaror”, deb aniqlik kiritgandi Blinken o‘shanda.
Aprel oyi boshida Blinken Vashington Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalarini qo‘llab-quvvatlamasligini va ularni tashkillashtirishda yordam bermasligini yana bir bor ta’kidlagandi.
Izoh (0)