Britaniya qiroli Charlz III birinchi marta yangi banknotalarda o‘z portretini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. BBC xabar berishicha, yangi banknotalar iyun oyida muomalaga chiqariladi.
Bundan buyon monarx surati muomaladagi barcha nominallarda: 5, 10, 20 va 50 funtlik pullarda mavjud bo‘ladi.
Angliya banki boshqaruvchisi Endryu Beyli va bosh kassir Sara Jon Bukingem saroyida qirol Charlzga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qilishdi.
Qirol, an’anaga ko‘ra, yangi banknotlarning birinchi nusxalarini oladi. Monarxga 00001 raqamlari bo‘lgan banknotalar beriladi.
Charlz tasvirlangan banknotalar qirolicha Yelizaveta II tasvirlangan avvalgi banknotlar bilan bir qatorda ishlatiladi.
Izoh (0)