O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga 9-15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi.
Shu boisdan, respublikaning quyidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Izoh (0)