O‘zbekistonda qor ko‘chish xavfi 2-aprelgacha saqlanib qoladi.
“O‘zgidromet”ning ma’lum qilinishicha, 2024-yil 28-martdan 2-aprelgacha kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli yuqoridagi tog‘li hududlarda 21—27-mart kunlari ham qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.
Izoh (0)