“O‘zgidromet” hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
8-aprel, dushanba kuni respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 22-27 daraja, janubda 30 darajagacha iliq bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
9-aprel, seshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi.
10—11-aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27 darajagacha, janubda 30 darajagacha ko‘tariladi.
12—14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Tog‘li hududlarda 9 va 12—14-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 8-aprel kuni kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi. 9-aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 16-18 daraja bo‘ladi.10—11-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja bo‘ladi. 12-aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13—14-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 18-23 daraja iliq, kechalari 7-12 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)