Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari ellik uchunchi sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada viloyat hokimi Ergash Soliyev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etgan.
Sessiyada ko‘rilgan tashkiliy masalada viloyat hokimi Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Odil Musanov nomzodini tavsiya qilgan.
Deputatlar nomzodni bir ovozdan maʼqullagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgan edi.
2020-yildan buyon tumanga Xurshid Alimardonov hokimlik qilib kelayotgandi. Undan oldin esa Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumanga 2018-yilning aprel oyidan rahbarlik qilgan.
Izoh (0)