Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Rossiya—Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal qilishning istiqbolini ko‘rmayotganini, tinchlikka faqat jang maydonida erishish mumkinligini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, u ko‘p yillardan buyon ko‘p narsa muloqotdan boshlanib, parametrlarni belgilash bilan davom etgan tinchlik vositachiligida ishtirok etgan.
Ammo menimcha, achchiq haqiqat shundaki, jang maydoni tinchlikka erishishning yagona yo‘li bo‘ladi, — dedi Stubb.
Shuningdek, u Ukrainadagi mojaro bo‘yicha Moskva bilan siyosiy muloqot to‘liq yo‘qligini aytgan. Shu bilan birga, tinchlikka bir tomonlama erishib bo‘lmasligiga e’tibor qaratgan.
- Avvalroq Finlyandiya prezidenti hukumatning Rossiya bilan chegaradagi avtomobil nazorat punktlarini noma’lum muddatga yopish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
- Finlyandiya hukumati 4-aprel kuni Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini noma’lum muddatgacha yopilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)