Karim Benzemaning barcha musobaqalardagi golsiz seriyasi 8 ta uchrashuvga yetdi.

Ushbu o‘yinlarda “Al-Ittihod” forvardi 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi, ikki bor penaltidan foydalana olmadi va “Navbahor”ga urgan goli ofsayd tufayli bekor qilingan edi.
Benzema oxirgi marta 15-dekabr kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Al-Ahli” bilan o‘yinda (1:3) gol urgan edi.
36 yoshli fransuz Saudiya Arabistoni joriy chempionatining 20 ta uchrashuvida 9 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Real” klubining sobiq o‘yinchisi Karim Benzema Madrid jamoasi safida 648 o‘yinda qatnashgan va klub safidagi eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan o‘yinchilar safidan joy olgan.
Izoh (0)