“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag mavsum oxirida ingliz klubini tark etishi mumkin.
The Independent xabariga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati mavsum yakunida gollandiyalik mutaxassisni ishdan bo‘shatishi mumkin, biroq bu yuz foiz aniq emasligi qayd etilgan.
Ten Hag 2022-yilning yozida Gollandiyaning “Ayaks” klubidan kelib “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylandi. Umumiy olganda, 53 yoshli mutaxassis barcha turnirlarda 104 uchrashuv o‘tkazib, shundan 63 tasida jamoasi bilan g‘alaba qozongan, 12 tasida durang o‘ynagan va 29 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. “Qizil iblislar” 30 o‘yinda 48 ochko jamg‘argan.
Izoh (0)