Hindiston janubidagi Telangana shtatidagi kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kishi halok bo‘lgan, vayronalar ostida yana 8-10 kishi qolmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti, chunki portlash vaqtida binoda 50 ga yaqin odam bo‘lgan.

Zavoddagi boshqa reaktor ham portlashi mumkin, degan xavotirlar bor. Mutassaddilar yaqin atrofdagi aholini evakuatsiya qilishni boshlagan.
2023-yilning noyabr oyida Hindistonning Surat shahridagi Aether Industries kimyo zavodi portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 24 kishi jarohatlangandi.
Izoh (0)