• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvada Crocus terakti bo‘yicha yana bir tojikistonlik hibsga olindi

    Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da terakt uyushtirishda gumon qilingan yana bir tojikistonlik — Yoqubjoni Yusufzoda hibsga olindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Moskvaning Basmanniy tuman sudi 25 yoshli Yusufzodani terakt ishtirokchilariga yordam berishda ayblab, ikki oyga hibsga oldi. 

    Foto: Yoqubjoni Yusufzoda / “Kommersant”

    Tojikiston fuqarosi terakt uyushtirishda ayblanayotgan shaxsga ijaraga olgan kvartira uchun pul to‘lashda yordam bergani aytilmoqda. 

    Yana kamida besh kishining jinoyat sodir etgan shaxslarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Ulardan to‘rt nafari Dog‘istondan olib kelingan. Mazkur shaxslar terakt ishtirokchilarini qurol, o‘q-dori va pul bilan ta’minlagani gumon qilinmoqda, yana bir nafari Yusufzoda bilan birga qo‘lga olinib, militsiyaga bo‘ysunmagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

    Sud teraktda (Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi bilan) ayblangan Yoqubjoni Yusufzodani hibsga olish masalasini yopiq eshiklar ortida ko‘rgan. Sudning ochiq qismida jurnalistlar faqat Tojikiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini eshitgan. Jumladan, u 25 yoshda ekani, uch nafar yosh farzandini tarbiyalayotgani, qurilishda noqonuniy jismoniy mehnat qilgani ma’lum bo‘lgan.

    Shunga qaramay, ayblanuvchi 22-mart kuni Crocus’da sodir etilgan teraktda ayblanayotgan tanishi Fariduni Shamsidinga oz miqdorda pul yuborgan. Ikkinchisi bu va boshqa pullarni Krasnogorskda kvartirani ijaraga olish uchun ishlatgan.

    Yusufzoda 25-mart kuni do‘sti Inoyatullo Kendjayev bilan qurilishdan qaytayotganida qo‘lga olingan. Bu vaqtda poytaxt politsiyasi Crocus’dagi terakt sababli “Nolegal” operatsiyasini o‘tkazgan va uning doirasida tojikistonliklarni tekshirishga qaror qilgan.

    Biroq ayblanuvchilar patrul mashinasini ko‘rgach, “harakat trayektoriyasini o‘zgartira boshlagan”, qadamlarini tezlashtirgan va militsiya xodimlarining to‘xtash haqidagi talablarini eshitib, qochishga uringan.

    “Qo‘lga olish chog‘ida ikkalasi ham faol qarshilik ko‘rsatgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan, shuningdek, politsiya xodimlarining xizmat avtomashinalariga chiqish talabini bajarmagan”, — deydi huquq-tartibot xodimlari.

    Itoatsizlik uchun (Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 19.3-moddasi 1-qismi bilan) ikkalasi ham Presnenskiy tuman sudi tomonidan hibsga olingan: Yusufzoda - 12 sutkaga va uning hali ham tekshirilayotgan do‘sti 15 sutkaga.

    Dog‘istonda ham Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi

    Federal xavfsizlik xizmati Maxachqal’a va Kaspiyskda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida hibsga olingan tojikistonlik to‘rt kishi terakt ishi bo‘yicha ayblanayotganini ma’lum qildi.

    “Men ularga, Moskvadagi Crocus City Hall’ga hujum qilgan yigitlarga qurol tashidim. Maxachqal’adan Mytishchigacha. Ularga faqat moliyaviy va qurol-yarog‘ bilan yordam ko‘rsatdim”, — deydi hibsga olinganlardan biri so‘roq paytida. 

    Tegishli videoyozuv FXX tomonidan tarqatilgan.

    Teraktda ayblanayotganlar hujumdan biroz oldin Renault avtomashinasida qurol sotib olish uchun Mytishchi shahriga borgan. Ularning harakati uylardan biriga o‘rnatilgan videokamera tomonidan yozib olingan.

    Shu bilan birga, Dog‘istonda qo‘lga olingan shaxs tintuv chog‘ida uning xonadonidan ikkita Kalashnikov avtomati va 460 dona o‘q-dori topilgani va pullar telefonga ulangan kartaga o‘tkazilganini tasdiqladi.

    FXX “Dog‘istonda qo‘lga olingan, terrorchilik guruhining bir qismi bo‘lgan to‘rt nafar chet el fuqarosi Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan teraktni amalga oshiruvchilarni moliyalashtirish va terror vositalari bilan taʼminlashda bevosita ishtirok etgan, shuningdek, Kaspiyskdagi ommaviy yig‘ilish joylarida terakt tayyorlangan”ini ma’lum qildi.

    “Bomba G‘alaba bog‘ida yoki Kaspiysk qirg‘og‘ida portlatilishi, shundan keyin ular Rossiyani tark etishi kerak edi”, — deyiladi ayblovda.

    “Kommersant”ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga aniqlik kiritishicha, xavfsizlik kuchlari Kaspiyskdagi ikkita va Maxachqal’adagi uchta manzilda operatsiya o‘tkazgan. Hibsga olingan to‘rt kishining barchasi Tojikiston fuqarolari. Ulardan kamida bittasi so‘roq paytida Muhammadni (Crocus terakti aybdorlaridan biri Muhammadsobir Fayzov) bilishini tasdiqladi.

    Chet elliklar Dog‘istonda kafel teruvchi bo‘lib ishlagan. Tergovning hibsga olinganlarga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimoslari katta ehtimol bilan Basmanniy tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

    02.04.2024, 09:17   Izoh (0)   12353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Tojikiston prezidenti bilan teraktni muhokama qildi

    24.03.2024, 17:40

    Crocus’dagi teraktda ayblangan to‘rt kishi hibsga olindi. Ular haqida nimalar ma’lum? 

    25.03.2024, 09:01

    Tojikiston prezidenti Moskvadagi terakt yuzasidan aholiga murojaat qildi  

    26.03.2024, 09:53

    Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi

    26.03.2024, 15:43

    Tojikistonda Crocus’dagi terakt ishtirokchilari bilan aloqadorlikda ayblanib, 9 kishi ushlandi

    29.03.2024, 16:43

    Rossiyada tojikistonliklar terakt tufayli Ukrainadagi urushga yuborilishidan qo‘rqmoqda — NYT

    29.03.2024, 16:30

    Tojikiston muftiysi migrantlarga murojaat qildi 

    31.03.2024, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.