AQSH hukumati 29-mart kuni Isroilni G‘azoda genotsid uyushtirishda ayblagan BMT hisobotini rad etdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller G‘azo sektoridagi genotsid haqidagi daʼvolarni asossiz deb hisoblab, rad etgan. Tel-Avivdagi hukumatni bunday jinoyat bilan ayblash uchun arzirli dalillar yo‘qligi maʼlum qilingan.
27-mart kuni BMTning Falastin bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Francheska Albaneze G‘azodagi vaziyat bo‘yicha hisobotini eʼlon qilgan edi. Hisobotda Isroilning G‘azodagi falastinliklarga qarshi harakatlari genotsid qilish chegarasidan o‘tgani aytilgan.
AQSH rasmiylari bergan bayonotga ko‘ra, Vashington Isroil sodir etgani daʼvo qilinayotgan harbiy jinoyatlarni muhokama qilmaydi. AQSH Tel-Avivni Yaqin Sharq masalasida to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Biz genotsid haqidagi daʼvolarni asossiz deb bilishimizni ochiq aytdik. Ammo shu bilan birga, biz G‘azoda tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotganidan xavotirdamiz. Isroil hukumatini bir necha bor bu borada ehtiyotkorroq bo‘lishga undadik. Bu tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini minimallashtirishi mumkin, — degan AQSH rasmiysi Mettyu Miller.
Izoh (0)