Xavi “Barselona” bosh murabbiyligidan ketsa ham klub tizimizda qolishi mumkin.
44 yoshli mutaxassis ko‘k-anorranglilar murabbiylik postini tark etsa, rahbariyat unga boshqa bir lavozimni ishonib topshirmoqchi. Marca nashrining xabariga ko‘ra, Xavi Kataloniya klubi fondining elchisiga aylanishi mumkin.
Ispaniyalik murabbiy mavsum yakunlangach klubni tark etishi va bu qarorini o‘zgartirmasligini ma’lum qilgandi.
“Barselona” La Liganing ortda qolgan 29 turidan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasi chorak finalida esa uning jamoasi “PSJ”ga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)