Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida kelin erining uyidan sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Abdullayevdan undiruvchi M.Shukurova foydasiga mol-mulkini olib berish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Byuroning Qamashi tuman bo‘limi ish yurituviga 2024-yil 10-yanvar kuni kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor ogohlantirilgan, ammo M.Abdullayev ijro hujjati talablarini ixtiyoriy bajarishni istamagani sababli joriy yilning 16-fevral kuni majburiy ijro harakatlari tayinlangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning yashash xonadoniga borilib, mol-mulklar tegishli tartibda xolislar ishtirokida tekshirilib, undiruvchiga olib berilgan.
Izoh (0)