Qirg‘izistonda mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xalqaro uyushgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari xalqaro jinoiy guruhga aʼzo bo‘lgan 5 nafar Ozarbayjon fuqarosini qo‘lga olgan. Ular:
- Aliyev V.M.,
- Baghirov S.A.,
- Asgarov M.O.,
- Bekhbudrv M.S.
- Mammadov Z.I.
Asgarov M.O. kriminal olamda “Brodyaga” maqomini olgan. U jinoiy muhitini mustahkamlash, o‘z mavqeyini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirish uchun Qirg‘izistonga sheriklari bilan kelgan.
“Ularning jinoiy rejalari davlatning butun postsovet hududiga ta‘sir ko‘rsatgan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi faol kurash siyosati bilan bog‘liq. Ularning jinoiy rejalari mahbuslar, mahkumlar va ozodlikdagi shaxslar o‘rtasida jinoiy mafkuradan ommaviy voz kechish, davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash fonida yuzaga kelgan. Bu holatdan qo‘rqqan xorijlik kriminal yetakchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan”, — deya aniqlik kiritdi davlat qo‘mitasi.
Izoh (0)