O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 3 million dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ar-Riyod shahrida Podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan uchrashdi.
Markazning O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. Xususan, O‘zbekiston aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o‘rnatish bo‘yicha qiymati 3 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh (0)