• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Parij metrosiga ilingan katta suratimni ko‘rib quvonib ketdim”. Sami Yusuf konsertida kuylagan ilk o‘zbek xonanda Ilyos Arabov bilan suhbat (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida britaniyalik mashhur xonanda Sami Yusufning taklifi, baʼzi hamyurtlarimiz tomonidan qadrsizlanayotgan maqom qo‘shiqlarini Fransiyada qanday kutib olishgani haqida gapirdi.

    — Sami Yusuf bilan ilk marta Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Boqiy shahar” konsert dasturida uchrashganmiz. Hamma qatori men ham u bilan suratga tushishga, suhbatlashishga harakat qildim. Ammo uning atrofida qo‘riqchilari nihoyatda ko‘p edi. Qo‘shiqni kuylab, sahna ortiga o‘tsam, Sami Yusuf grimyor xonasida o‘tirib, chiqishimni kuzatib o‘tirgan ekan. Meni ko‘rishi bilan “Bravo” deb olqishladi. Shundan keyin u bilan biroz suhbatlashdik. “Hozir maqom aytdingizmi?” deb so‘radi.  Buxoro mavrigisini kuylaganim va uning maqom qo‘shiqlaridan qanday farqli jihati borligini tushuntirib berdim. Birga suratga tushdik va xayrlashdik. Oradan bir necha oy o‘tganidan keyin Instagram tarmog‘idan maʼmuri aloqaga chiqdi. “Siz bilan Samarqandda tanishgan edik, agar qarshi bo‘lmasangiz, sizni 2023-yilning dekabr oyida bo‘ladigan konsert dasturiga taklif etamiz. Hamkorlik qilish niyatimiz bor”, dedi. Albatta, bu gapdan quvondim. Bir necha kundan keyin Sami Yusufning o‘zi ham aloqaga chiqib, taklifini qabul qilganimdan xursand bo‘lganini aytdi. Keyin ijtimoiy tarmoqda guruh ochilib, Sami Yusuf va jamoasi bilan doimiy muloqotda bo‘lib turdik. Men bilan tayyorgarlik jarayonlari 6 oy davom etdi. Avvaliga tayyor maqom qo‘shiqlaridan birini ijro etsam kerak, deb o‘ylagandim. Ammo yaxlit kompozitsiya yaratilgan va avvaldan mening kuylaydigan joylarim belgilab qo‘yilgan ekan. Bu konsert juda ko‘p davlat xonandalarining mushtaraklarini aks ettirgan konsert bo‘ldi. Chunki fransuz, marokash, o‘zbek, turk, arab va afrikalik ijodkorlar bir sahnada kuylashdi.  Sami Yusuf “Siz Alisher Navoiy g‘azallarini kuylang”, dedi. Navoiyshunos ustozlar bilan maslahatlashib, hali kuyga solinmagan, ilohiy ishq haqidagi g‘azallarni olib, nolaga soldik. 9—10-dekabr kunlari Fransiyadagi eng katta Filarmoniya saroyida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Sami Yusufning shu qadar sodiq muxlislari bor ekanki, u dunyoning qaysi nuqtasida konsert bersa, o‘sha yerga kelib, chipta sotib olishar ekan. Konsert chin maʼnoda professional tarzda o‘tdi, — deydi Ilyos Arabov.

    Xonanda Fransiyada maqom ashulalarimizga bo‘lgan munosabat va sanʼatga bo‘lgan hurmat yuqori ekanligi haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — 2008-yildan buyon Fransiya davlatiga gastrol safarlari bilan boraman. Sami Yusuf konserti o‘tgan Fransiya Filarmoniya saroyida 2022-yili yakkaxon konsert dasturimni ham o‘tkazganman. Bu millat vakillarining sanʼatni qadrlashiga tan berish kerak. Ular xorijlik sozanda va xonandalarning faoliyatiga beeʼtibor emas. Konsert saroyida nazoratchilar emas, tomoshabinlarning o‘zi telefondan foydalanishingizga ruxsat bermaydi. Ular yoshlikdan sanʼatni qadrlashga odatlantirilar ekan. Ular konsertga kirishdan avval o‘sha xalq sanʼati tarixini o‘rganib chiqadi. Qo‘shiqni his qilib tinglayotgani seziladi. Meni hayratlantirgan jihat: dekabr oyidagi konsert arafasida tashkilotchilar xonandalarning bannerlarini turli hududlarga ilgan ekan. Parij metrosiga tushsam ism-sharifim yozilgan katta suratim ilinib turibdi. Quvonib ketdim. Ularda asl sanʼatga bo‘lgan eʼtibor nihoyatda yuqori, — deydi Ilyos Arabov.

    Xonanda baʼzan maqom qo‘shiqlarining yurtimizda qadrsizlanishi ko‘rib, ranjishi haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Milliylikdan hech qachon uyalmaslik kerak. Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatida restoran bor ekan. Eshik yonida turgan soqchi tanburim borligi uchun asosiy yo‘lakdan chiqishimga ruxsat bermadi. Oshxona tomondan kirishim kerakligini aytdi. Gapidan qattiq ranjidim, chunki shuncha mehmonlar chamadonlari bilan bemalol ichkariga kirmoqda. “Tanburingiz bo‘lmasa kiraverasiz”, deyapti. Atayin qaysarlik qilib, tanburim bilan asosiy eshikdan kiraman deb turib olganimdan keyin noiloj rozi bo‘ldi. U yerda yaqin tanishimning ayolini tug‘ilgan kuni bo‘layotgan edi. Tabriklab, ona haqida bitta qo‘shiq aytib berdi. Juft bo‘lsin deyishganidan keyin “O‘rtar” ashulasini ham aytdim. Baland ovozda kuylaganim yoki boshqa mehmonlarni bezovta qilganim yo‘q. Yaxshi kayfiyatda joyimga kelib o‘tirsam, mehmonxona xizmatchisi yonimga kelib “Aka boshqa ashula aytmas ekansiz, mumkinmas ekan”, dedi. Ho‘p dedim. Ammo bir necha daqiqadan keyin tanish ukalarimizning opera aytishiga indamagani, aksincha qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rib jahlim chiqdi. Nima men maqom aytsam, bu restoran eskirib, zamonaviyligini yo‘qotadimi? Mezbonlar kelib yana qo‘shiq aytib berishimni so‘radi, ammo ruxsat berishmayotganini aytganimda uning ham jahli chiqdi. Bu milliylikdan uyalishmi yoki jirkanish? Ketayotganimda mehmonxona ishchisidan nega bunday qilganini so‘radim. “Opera klassika”, degan gapni eshitgach, yanada g‘azablandim. “To‘g‘ri opera jahon klassikasi, maqom esa biz o‘zbeklarning klassik sanʼatimiz. Siz ham o‘zbeksiz shekilli”, deb chiqib ketdim. Afsuski, bunga o‘xshash misollar juda ko‘p. Maqom go‘zal sanʼat, dunyoda uning ishtiyoqmandlari juda ko‘p. Ammo baʼzi hamyurtlarimiz uni qadrlamayotgani ko‘ngilni xira qiladi, — deydi Ilyos Arabov.

    Videoni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

     

    18.03.2024, 13:45   Izoh (0)   20400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Irfon Xon bilan vidolashayotgan Bollivud, Sami Yusufni tinglaydigan Rayhon, odamlardan ranjigan yana bir Rayhon. Mashhurlar karantinda (foto+video)

    29.04.2020, 22:22

    Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ko‘rinishidagi sahna, o‘z qo‘shiqlari bilan barchaga manzur bo‘lgan Sami Yusuf, dronlar ishtirokidagi “Boqiy shahar yulduzlari” sahna ko...

    23.08.2022, 22:07

    “Rafiqam bilan bu yerga sayyoh sifatida qaytaman”. Sami Yusuf O‘zbekistonga kelish uchun sabablar, oilasi hamda o‘zbek musiqasini dunyoga tanitish istagi haqida (v...

    29.08.2022, 16:25

    “Shunchaki yuragim yig‘ladi”. Taniqli jurnalist Muhabbat Hamroyeva “Yor-yor” ko‘rsatuvida boshqa chiqmasligini ma’lum qildi

    18.03.2024, 12:35

    “Kalmar o‘yini” yulduzi O Yon Su tegajog‘lik uchun 8 oyga qamaldi 

    16.03.2024, 09:10

    “Avaz Oxunni yomon ko‘raman” — Nikulinning “nabirasi” bo‘lgan Botirxon Imomxo‘jayev teatrga ishga kirmaganidan afsuslanadi (foto, video) 

    15.03.2024, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.