Tel-Aviv va Isroilning boshqa shaharlarida 16-mart kuni minglab odamlar HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyish o‘tkazdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
G‘azoda garovga olinganlarning yaqinlari ularni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuv talab qilib, hukumatni tezkor chora ko‘rishga chaqirgan.
Bizning bosh vazirimiz 134 nafar garovga olinganlarning bosh vaziri ekanligini ham unutdi. Ularda ham, bizda ham boshqa vaqt yo‘q. Hoziroq chora ko‘ring — deya asirlarning qarindoshlari so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Isroil armiyasi rasmiylari HAMAS garovidagilarni topish va ozod qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganini ta’kidlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, namoyishchilar mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilgan. Katta ekranda amerikalik senator Chak Shumerning muddatidan oldin saylovlar Isroil manfaatlariga mos kelishi haqidagi nutqidan parcha namoyish etilgan. Yuzlab odamlar prezident Isaak Gertsogning Quddusdagi qarorgohi oldida to‘plangan. OAVga ko‘ra, o‘nlab namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Izoh (0)