16-mart kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi 2014-yilda Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmasligini yana bir bor dunyo jamoatchiligiga maʼlum qildi. Bu haqda Anadolu nashri maʼlum qildi.
Vazirlik Qrim anneksiyasini xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholagan. Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etgan.
“Qrimdagi mavjud vaziyat xalqaro huquqning buzilishi hisoblanadi va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi”, — deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Anqaradagi hukumat Qrim yarimorolining asosiy etnik guruhlaridan biri hisoblangan qrim-tatar turklari ahvoli va ularni ko‘chirish bilan bog‘liq jarayonlarni diqqat bilan kuzatayotganini maʼlum qilgan. Ushbu masala Turkiya tashqi siyosati kun tartibidagi masalalardan biri ekanligi taʼkidlangan.
Maʼlumot o‘rnida, bundan o‘n yil oldin, 2014-yil 16-mart sanasida Ukrainaga suveren daxldor bo‘lgan Qrim provinsiyasi Rossiya tomonidan referendum tashkil etib, Moskvaga yurisdiksiya zonasiga qo‘shib olingan edi. Turkiya hukumati o‘sha kunning o‘zida Qrimdagi referendumlarni tan olmasligini va uning Rossiya hududi ekanligini inkor etishini maʼlum qilgan. Qrim anneksiyasiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan Anqaradagi hukumat o‘z bayonotini takror eslatgan.
Izoh (0)