11-mart kuni Rossiyalik deputatlar Konstantin Zatulin va Sergey Tsekov Davlat Dumasiga Qrimni Rossiyadan Ukrainaga o‘tkazish to‘g‘risidagi 1954-yildagi hukumat qarorini bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etishgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Qonun loyihasining 1-moddasi Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi konstitutsiyasiga, Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi konstitutsiyasiga, qonun ustuvorligining asosiy tamoyillariga va xalqaro huquq normalariga zid deb topib, 1954-yildagi qarorni bekor qiladi.
Bundan tashqari, hujjat Rossiya Federatsiyasini SSSR va RSFSRning huquqiy vorisi sifatida alohida eʼtirof etadi. 1954-yilda Qrimning Ukrainaga berilishini siyosiy jinoyat deb eʼlon qiladi.
Qonun loyihasi, shuningdek, Qrim masalasida o‘z vaqtida rus xalqining irodasi va manfaati inobatga olinmagan deb eʼlon qilgan. 1954-yil 26-apreldagi qonun va Qrimni topshirish bilan bog‘liq barcha qarorlar o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Qrimning Rossiya tarkibiga qaytishini tarixiy adolat va qonuniylik tiklanishi sifatida olqishlaydi.
Izoh (0)