Daryo

Yomg‘ir qorga aylanishi mumkin: O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berildi

1 daqiqa o‘qish425 840 ko‘rishlar0 izoh0

Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

11-mart, dushanba kuni hududning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

12-mart kuni respublikaning aksar viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

11—12-mart kunlari respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13-mart kuni yomg‘ir yog‘adi, yog‘ingarchilik asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

14-mart kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13—14-mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14-martga kelib, havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

15-martda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkentda 11-mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi. 12-mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

13—14-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14-martda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 15-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar