Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchradi, prezidentni qo‘riqlovchi politsiyachi hodisa tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Erdo‘g‘onning o‘zi ma’lum qildi.
“Shirnakdagi mitingimizdan keyin sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida politsiyachi Firat Dere bugun halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildiraman”, — dedi Turkiya rahbari Mardin shahridagi mitingda.
Shuningdek, u jarohat olgan boshqa xodimlarga ham tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida Erdo‘g‘onning korteji avtohalokatga uchragan. IHA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana uch nafari yaralangan, ulardan ikki nafari politsiya xodimlari hisoblanadi.
Izoh (0)