Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi oltin konida 13-mart halokat sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining tezkor ishlashi bilan kon ichida qolib ketgan 26 nafar ishchi qutqarib olingan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ballarat oltin konida tosh ko‘chishi oqibatida shaxtyorlar kon ichida qamalib qolgan. Kon atrofidagi yer tuzilmasi qattiq jinslardan tashkil topgani qutqaruv operatsiyasini tashkil etishda jiddiy qiyinchilik tug‘dirgan.
Viktoriya shtati politsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, ikki ishchi qulagan toshlar ostida qolib ketgan. 26 nafar ishchi xavfsizlik nuqtasiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan va keyinroq qutqarib olingan.
Tekshiruv guruhlari konda yana ishchilar bo‘lishi mumkinligi bois qo‘shimcha tekshiruvni davom ettirmoqda. Yaqin atrofdagi shaharlardan qo‘shimcha yordam kuchlari chaqirilgan.
Izoh (0)