Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Rossiyada “SSKA”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Bu haqida “SSKA” matbuot xizmati xabar qilmoqda. Uchrashuv 22-mart kuni “VEB Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva klubi tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev to‘p suradi.
“Bunyodkor” O‘zbekiston Superligasining dastlabki 2 turida ham mag‘lubiyatga uchrab, eng so‘nggi o‘rinda bormoqda.
“SSKA” esa Rossiya Premyer Ligasida 20-turdan so‘ng 32 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)