Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turida “Navbahor” 9-mart, shanba kuni “OKMK”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida namanganliklar futbolchisi Toma Tabatadze hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Sardor Rahmonov hisobni tenglashtirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar durangga imzo chekdi.
Samvel Babayan shogirdlari 2-turdan so‘ng ochkolarini 4 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Olmaliqliklar esa 2 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onadan joy olgan.
Superliga
2-tur
9-mart, dushanba
“Navbahor” – “OKMK” 1:1
Gollar: 1:0 — 12 Tabatadze, 1:1 — 19 Rahmonov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Ruslanbek Jiyanov, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov.
“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Akrom Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Arixiro Sentoku, 95. Milyan Shkrbich, 99. Irakli Ruxadze.
Izoh (0)