Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida harakat tarkibi to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 8-mart kuni soat 16:48 da “Chilonzor” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 23-sonli harakat tarkibining kompressorida havo bilan taʼminlanishida qisqa uzilishlar bo‘lgani sababli, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, mashinist tomonidan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan.
Shundan so‘ng ortdan kelayotgan 22-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda.
Izoh (0)