Yerni 9—10-mart kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi kutilmoqda. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar sog‘lig‘ida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15, 16, 21 va 22-mart kunlari o‘rtacha intensivlikdagi geomagnit tebranishlar kuzatilishi kutilmoqda. Oyning so‘nggi magnit bo‘roni 27—28-mart kunlari bolib o‘tishi prognoz qilingan. Shifokorlar fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlari yuqori yoki past qon bosimiga moyil bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari bor odamlarga ta’sir qilishi mumkin.
Magnit bo‘ronining salomatlikka ta’siri
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimining buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
- holsizlik hissi.
Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash tavsiya etilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish, qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.
Izoh (0)