“Tolibon” hukumati shtab boshlig‘i Fasihuddin Fitra Afg‘oniston havo hududi hozir ham AQSH nazorati ostida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.
Fasihuddinga ko‘ra, mamlakat havo hududi hali ham Amerika tomonidan ishg‘ol qilinmoqda. U Afg‘oniston yana “tajovuz va bosqin”ga uchrasa, harakatning barcha kuchlari xudkush hujumlarga tayyor bo‘lishini ogohlantirdi.
“Tolibon” rasmiysi xudkush kuchlar bo‘linmalari tarqatib yuborilgani, ularning aʼzolari armiyaning maxsus bo‘linmalariga jalb qilinganini ta’kidladi. Fasihuddin Fitrat xalqaro kuchlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi va avvalgi hukumatning qulashi bilan “Tolibon” armiyasida “bunday tuzilma” endi yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)