“Tolibon” mudofaa vaziri Muhammad Yoqub Mujohid va Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin Fitrat Qatarda o‘tkazilgan mudofaa sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Tasnim News xabar berdi.
Dohada bo‘lib o‘tgan Dimdex nomli ko‘rgazmada turli shirkatlarning harbiy texnika va vositalari namoyish etilgan. Unda boshqa mamlakatlarning mudofaa vazirlari va harbiy amaldorlari ham ishtirok etgan.
Muhammad Yoqub va Qori Muhammad 3-mart kuni rasmiy taklif bilan xalqaro mudofaa sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Dohaga jo‘nab ketgandi. “Tolibon” harakatining yuqori martabali harbiy amaldorlari birinchi marta bunday harbiy ko‘rgazmani ko‘rish uchun rasman taklif qilinmoqda va qatnashmoqda.
Izoh (0)