Isroil Vazirlar mahkamasining yig‘ilishida vazirlar va Isroil armiyasi rahbari Gerzi Halevi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bir qancha vazirlar Haleviga noroziligini bildirib, Isroilning G‘azodagi quruqlikdagi amaliyoti samarasiz va juda sekin o‘tganini ta’kidlagan. Vazirlar Rafahning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq xatoga ham ishora qilgan. Bunga javoban Halevi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlash zarurligini aynan armiya va xavfsizlik xizmatlari ta’kidlagani, vazirlar esa bunga qarshi bo‘lganini eslatgan.
“Sizlarga quruqlikdan hujum qilishni boshlashni istamaganingizni eslataman. Agar Isroil armiyasi va xavfsizlik xizmatlari buni talab qilmaganida edi, biz G‘azo sektorida quruqlikdagi manyovrlarni o‘tkazmagan bo‘lardik”, — degan u.
Isroil armiyasi vakili tegishli ziddiyat bo‘yicha batafsil munosabat bildirishdan bosh tortgan.
Izoh (0)