Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hukumat tuzilmalarida, jumladan, Milliy gvardiya, prokuratura va sud tizimiga o‘zgarishlar kiritdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoni bilan Milliy gvardiyaning bir qancha yuqori mansabdor shaxslari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Jumladan:
- Milliy gvardiya qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Alizod;
- Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosar Karimzod;
- Jangovar va maxsus operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Odinazod;
- Milliy gvardiya qurol-yarog‘ va harbiy texnika boshqarmasi boshlig‘i Bobozod;
- Komendantlik bo‘limi boshlig‘i Ahmadzod;
- Kadrlar va harbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Zarifbekov;
- Operativ boshqaruv boshlig‘i Qurbonzod;
- Jangovar tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i Hakimzod lavozimidan olingan.
Ularning ayrimlari yangi lavozimga tayinlangan. Shu bilan birga, qator prokurorlar vazifasidan ozod qilingan va tayinlangan. Zoirzoda Ikrom, Rofizoda Mirzoamon va Talbakzoda Dilshod boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Bosh prokuror o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etilgan. Karimzoda Umed, Voxidzoda Xabibullo, Azimzoda Sarvar bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.
Izoh (0)