Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 19,11 so‘mga ko‘tarilib, 12 500,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 36,96 so‘mga oshib, 13 566,26 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,26 so‘mga ko‘tarilib, 136,04 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 12 480,90 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl esa ko‘tarilgandi. 23-fevral kuni dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)