Prezident qarori bilan Akmal Jumanazarov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Akmal Jumanazarov shu munosabat bilan O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
U 2023-yilning fevralidan buyon elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha energetika vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Bundan avval esa Akmal Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)