Nodirbek Abdusattorov 27-fevral kuni boshlanib, 7-martgacha davom etadigan xalqaro Prague Masters turnirida ishtirok etadi. Chexiyaning Praga shahrida o‘tkaziladigan nufuzli turnirning sovrin jamg‘armasi sir saqlanmoqda. Nodirbekdan tashqari turnirda quyidagi shaxmat ustalari ishtirok etishadi:

- Rameshbabu Pragnanandhu
- Vidit Gujrati
- Gukesh Dommaraju
- Vinsent Keymer
- Richard Rapport
- Parham Maghsoodloo
- David Navara
- Mateush Bartel
- Dai Van Nguyen
Turnirda ishtirokchilar barcha boshqa ishtirokchilar bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvlarda eng ko‘p ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan shaxmatchi g‘olib bo‘ladi.
Bundan oldingi turnirda amerikalik Rey Robson g‘alaba qozongan. U hozirda dunyo reytingida 39-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-16-fevral kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess G.O.A.T Challenge turnirida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)