Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida ekin yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.R. “Kichik Jomashuy” MFY hududidagi 34 sotix zaxiradagi sug‘oriladigan ekin yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)