Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 18,00 so‘mga pastlab, 12 490 so‘m bo‘ldi. Yevro 64,50 so‘mga tushib, 13 519,43 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,31 so‘mga pastlab, 134 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshgandi. Ushbu valyuta kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turgandi.
Izoh (0)