2024-yilning yanvar oyida jami 9 197 nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonga fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan mamlakatlar orasida Turkmaniston yetakchi – 6 448 nafar. Keyingi o‘rinda Tojikiston – 1 626 nafar.
Shuningdek:
- Afg‘oniston – 298 nafar;
- Xitoy – 137 nafar;
- Turkiya – 118 nafar;
- Hindiston – 109 nafar;
- Koreya Respublikasi – 102 nafar;
- boshqa davlatlar – 359 nafar.
Izoh (0)