O‘tgan hafta yakunida legionerlarimiz o‘z klublari safida ishtirok etdi. Turkiya Superligasi 26-tur doirasidan o‘rin olgan “Hatayspor” hamda “Sivasspor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda durang qayd etildi. Hamyurtimiz Aziz Turg‘unboyev mehmonlar safida 84 daqiqa o‘ynadi.

“Rizespor” jamoasi o‘z uyida “Fenerbahche” jamoasini qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz Husniddin Aliqulov zahirada qoldirildi.
Azizbek Amonov hamda Abdulla Abdullayev BAA Prezident kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi “An-Nassr” va “Hor Fakkan” o‘yinini asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qilishdi. Afsuski, uchrashuvning so‘nggi daqiqalaridagi gol mezbonlarning g‘alabasini ta‘minladi.

“Ordabasi” va “Yelimay” jamoalari o‘rtasidagi bahsda yirik hisob qayd etildi. Jasurbek Yaxshiboyev uchinchi golda o‘z nomiga assist yozdirib qo‘ygan o‘rtoqlik uchrashuvida, uning jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Shabob al-Ahli” Prezident kubogi doirasida “Baniyaz”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda to‘liq harakat qilgan Aziz G‘aniyev jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Abduqodir Husanov “Reyms”ga qarshi bellashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Uchrashuvning 19-daqiqasida ogohlantirilgan himoyachi, hisobidagi sariq kartochkalar soni oshib ketgani sababli keyingi turni o‘tkazib yuboradi.
Ushbu uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

“Al-Ayn” jamoasiga qarshi bahsda to‘liq harakat qilgan Hojimat Erkinov jamoasiga yordam bera olmadi. Prezident kubogi doirasidagi ushbu uchrashuvda “Al-Vahda” jamoasida 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)