Gonkong aholisi 2023-yilda 0,4 foizga o‘sib, 7,50 millionga yetdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu pandemiyadan keyingi ikkinchi o‘sish yilidir. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Aholining keskin ko‘payishi, Xitoyning uch yillik qatʼiy COVID qoidalaridan so‘ng o‘z iqtisodiyotini va xalqaro jozibadorligini oshirishga harakat qilayotgan bir paytda sodir bo‘lgan. Epidemiya davrida xorijda qolgan ko‘plab Gonkong aholisi 2023-yil davomida qaytib kelgan. Yilning ikkinchi yarmida ham shaharga aholining sezilarli oqimi davom etgan.
Hukumatning taʼkidlashicha, bu ko‘rsartkich chet el fuqarolarining Gongkongga turli sxemalar orqali qabul qilinishi bilan ham bog‘liq. Bu vaqtda shahar aholisining 79 foizida yashashga bir tomonlama ruxsatnoma bo‘lgan.
Avvalroq gongkongliklarning 21,2 ming kishiga tabiiy pasayishi kuzatilib, 33,2 mingta tug‘ilish va 54,4 ming nafar o‘lim qayd etilgan edi.
Izoh (0)