Yevropa Ittifoqi AQSHning Apple korporatsiyasini raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortmoqchi.
Texnologik gigantga nisbatan jarima miqdori taxminan 500 million yevroni (539 million dollar) tashkil etadi, deb yozadi Reuters Financial Times nashriga tayanib.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Yevrokomissiya Apple’ni App Store qoidalari tufayli musiqa strimingi bozoridagi raqobatni buzganlikda ayblagandi.
2022-yilda Niderlandiya hukumati Apple’ni tanishuv ilovalari ishlab chiqaruvchilariga App Store mexanizmlarini chetlab o‘tuvchi muqobil to‘lov usullaridan foydalanishga to‘sqinlik qilgani uchun 5 million yevro jarimaga tortgandi.
Avvalroq Apple kompaniyasi 2023-yil davomida O‘zbekistonda 12,9 milliard so‘m soliq to‘lagani xabar berilgandi.
Izoh (0)