AQSH prezidenti Jo Bayden Vakillar palatasi respublikachilari Rossiya tajovuziga javob qaytarmay, katta xatoga yo‘l qo‘yayotgani haqida aytdi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.
“Ular bunga javob qaytarmay, katta xato qilyapti. Ular Rossiya tahdididan o‘zini olib qochayotgani hayratlanarli. Men bunday holga hech duch kelmaganman”, — degan Bayden jurnalistlarga bergan intervyusida.
Bayden Aleksey Navalniyning o‘limi ortidan jiddiy chora ko‘rilishi kerakligi borasida jurnalistlar bergan savollarga optimistik munosabat bildirmagan. Prezident Navalniyning Rossiya qamoqxona lagerida o‘limi munosabati bilan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgan.
Izoh (0)